RSS   Поиск   Карта сайта

Цели Общества

Опубликовано в Деятельность

2-MODDA. JAMIYATNING MAQSADLARI VA FAOLIYATI

2.1. Maqsadlar. Jamiyatning asosiy maqsadi – Jamiyat Aksiyadorlarining iqtisodiy manfaatlari, intellektual imkoniyatlari, moddiy, nomoddiy, mehnat va moliyaviy resurslarini foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatini yuritish uchun birlashtirish, shu jumladan fosforli va boshqa turdagi o’g’itlarni ishlab chiqarish va sotish.

2.2. Faoliyat yo’nalishlari. Jamiyat faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilar:

2.2.1 Mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish, Jumladan Mahsulotlarni chet elga Erkin Almashtiriladigan Valutaga jahon bozori narxlarida sotish;

2.2.2 xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda ularni ichki va tashqi bozorlarga yetkazish va sotish;

2.2.3 qurilish materiallari va uskunalarini ishlab chiqarish va sotish;

2.2.4 ulgurji va chakana savdo;

2.2.5 tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish, jumladan Jamiyatning ishlab chiqaruvini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va uning eksport bazasini rivojlantirish maqsadida har qanday turdagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etish;

2.2.6 qishloq xo’jalik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta   ishlash, tayyorlash va sotish;

2.2.7 Jamiyat ishchilari va ularning oila a’zolari uchun sog’lomlashtiruvchi dam olish maskanlarini tashkil etish;

2.2.8 2.1-bandda kor’satilgan asosiy maqsadga bog’liq yoki tegishli bo’lgan boshqa qonuniy ishlarni amalga oshirish.

2.3. Jamiyatning faoliyati. Jamiyat butun faoliyati muddati davomida o’zining maqsadlariga erishish uchun ushbu Ustav va Amaldagi Qonun Hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining hududida hamda uning tashqarisida Amaldagi Qonun Hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi xo’jalik faoliyatlarini amalga oshiradi.

2.4. Litsenziyaga asosan olib boriladigan faoliyatlar. Jamiyatning xo’jalik faoliyati qat’iyan va to’liq Amaldagi Qonun Hujjatlariga muvofiq olib borilishi lozim. Garchi biron-bir faoliyat uchun Davlat Organidan ruxsatnoma yoki litsenziya olinishi talab qilinsa, Jamiyat bunday faoliyatni kerakli Davlat Organining ruxsatnomasini yoki litsenziyasini olmasdan amalga oshirmaydi.

2.5. Aksiyadorlar bilan bitimlar tuzish. Aksiyadorlik Shartnomasining qoidalarini e’tiborga olgan holda, bir tarafdan Jamiyat, ikkinchi tarafdan Aksiyadorlar yoki ularning Bog’liq Shaxslari o’rtasidagi bitimlar manfaatdorlik bo’lmasligi va huquqiy/moliyaviy mustaqillik shartlari asosida, muayyan soha standartlarga rioya qilgan holda hamda bunday bitimlarning shartlari Jamiyatga uning uchun Bog’liq Shaxs bo’lmagan biron-bir uchinchi shaxs tomonidan belgilangan shartlarga nisbatan qulaysizroq bo’lmasligi lozimligini tushungan holda tuziladi. Bir tarafdan Jamiyat, ikkinchi tarafdan Aksiyador yoki uning Bog’liq Shaxsi o’rtasidagi muhim yoki davom etayotgan faoliyat bunday taraflar o’rtasida tuzilgan va Jamiyatning tegishli boshqaruv o’rganlari tomonidan dastlab o’rganilishi va maqullanishi lozim bo’lgan yozma shartnomalar asosida yuritiladi.

2.6. Xalqaro sifat. Jamiyat Mahsulotning xalqaro ishlab chiqarish standartlariga mos  kelishi uchun uning tegishli sifatini ta’minlovchi va bunday mahsulotlarni cheklanmagan tarzda jahon bozorlarida sotishga imkon beruvchi tegishli tartiblar va qoidalarni joriy qiladi.