“Ammofos-3” va “EFK-3” sexlari ishchi-xodimlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi

Bugun “Ammofos-3” va “EFK-3” sexlari ishchi-xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga bag‘ishlandi.

Davra suhbati davomida Murojaatnoma g‘oyalarini ishchi-xizmatchilar o‘rtasida faol targ‘ib etish, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga chorlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, odob-axloq qoidalari, muomala madaniyati, milliy va ma’naviy qadriyatlar, yuksak madaniyat ramziga aylangan urf-odatlar, yurish-turish va yashash tarzi har bir inson shaxsiyatida o‘z aksini topishi tabiiy ekani haqida fikr almashildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech