“Ammofos-Maxam” AJda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilimlar sinovdan o‘tkazildi
“Dolzarb – 30 kun” tadbiri doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Yong‘in xavfsizligi tekshirish bo‘limi (OYoXTTEB) inspektorlari tomonidan tasdiqlangan reja asosida “Ammofos-Maxam” AJda yakuniy imtihonlar o‘tkazildi.
Korxona ishchi va xizmatchilari yong‘in texnik minimumi bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlab, yakuniy imtihon orqali o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarini amalda namoyish etdilar.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati