“Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 14-son bayoni 7-ilovasi 14-bandiga muvofiq, mamlakatimizda “Ommaviy diktant” tadbirlarini o‘tkazish belgilangan edi.

Shu munosabat bilan, “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova tashabbusi bilan “Ammofos-Maxam” AJ rahbar va mutaxassis xodimlari o‘rtasida “Ommaviy diktant” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad rahbar va mutaxassis xodimlarning lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga oid savodxonlik darajasini oshirish va baholash orqali ularning mas’uliyatini oshirishdir.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech