Sayyor qabul davom etmoqda

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova rahbarligida navbatdagi sayyor qabul “Ammofos-Maxam” AJning asosiy sex va bo‘linmalarida o‘tkazildi.

Qabul davomida “Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, bolalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish kabi qator maqsad va vazifalar muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ular uchun qulayliklar yaratish, ishchi-xodimlar farzandlari ishtirokida turli tadbirlar tashkil etish, shuningdek uy-joy masalalariga oid muammolar va takliflar tinglandi. Xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Sayyor qabul yakunida xodimlar murojaatlarini belgilangan tartibda ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech