Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi
“Ammofos-Maxam” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, dolzarb vazifalar hamda ilgari surilgan tashabbuslarning jamiyat hayotidagi ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, Murojaatnoma mazmunini ishchi-xizmatchilar o‘rtasida keng targ‘ib etish va ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga chorlash muhimligi ta’kidlandi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati