Xivaning 2500 yillik tarixiga sayohat!
“Ammofos-Maxam” AJ kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan, korxona ishchi-xodimlar uchun qadimiy Xivaga madaniy sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashrif davomida ishtirokchilar:
- Xivaning yuragi hisoblangan Ichan-Qalʼa,
 - Kunya-Ark va Dishan-Qalʼa qal’alari,
 - Qadimiy minoralar, maqbaralar, masjid va madrasalar,
 - Shuningdek, Xiva hukmdorlarining saroy va turar joylari bilan yaqindan tanishdilar.
 
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati