Favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yo‘lida
“Maxsus-taktik o‘quv mashqini o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish” rejasi doirasida favqulodda vaziyatlarda jabrlanuvchilarga tezkor va samarali birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida sexda faoliyat yurituvchi 24 nafar ishchi ayoldan iborat sandrujina guruhi tashkil etilgan.
Ushbu guruh a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zaruriy tibbiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tayyorlash maqsadida Toshkent viloyati Qizil Yarim Oy jamiyati raisi, hurmatli Dilfuza Axmedova jalb etildi.
Mashg‘ulot davomida amaliy ko‘nikmalar, tezkor reaksiya, ilk yordam vositalaridan to‘g‘ri foydalanish kabi yo‘nalishlarda tushuntirishlar va ko‘rgazmali mashqlar o‘tkazildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati