Atamalar ma’nosidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
Aralash tashish — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini butun harakatlanish yo‘li uchun rasmiylashtirilgan yagona tashish hujjati bo‘yicha har xil turdagi transportda tashish;
Aralash tashishlar operatori — tashishni tashkil etuvchi hamda tashish uchun o‘zi jalb qilgan barcha tashuvchilar va uchinchi shaxslar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oluvchi yuridik shaxs;
Mijoz — tashuvchi yoki aralash tashishlar operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida transport xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs (yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yuk oluvchi, fraxtlovchi);
Tashish — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish punktidan yetkazish punktiga tashish;
Tashishlar xavfsizligi — texnogen (texnik va texnologik) xususiyatga ega tahdidlardan transport vositasi harakatlanish jarayonining hamda transport vositasining o‘zining himoyalanganlik holatini ta’minlash bo‘lib, bunda tashishlar xavfsizligiga oid qoidabuzarliklar va ularning fuqarolar hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘ladigan oqibatlari yuzaga kelishining yo‘l qo‘yilmaydigan xavfi mavjud bo‘lmaydi;
Tashish hujjati — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan, chipta, bagaj kvitansiyasi, tovar-transport yuk xati, elektron axborot tashuvchi karta yoki boshqa axborot tashuvchi tarzidagi hujjat;
Tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega bo‘lgan, yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatadigan, shuningdek tashish uchun tegishli litsenziyaga, sertifikatga yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Tranzit transport yo‘lagi — transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishi bo‘lib, unda tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish uchun tranzit transport yo‘lagining pasportida ko‘rsatilgan texnik, texnologik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratiladi hamda bunday yuklar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalarini bajarishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi;
Transport — qatnov yo‘llarining, transport vositalarining, qatnov yo‘llaridagi texnik qurilmalar va inshootlarning yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish jarayonini ta’minlaydigan barcha turlari yig‘indisi;
Transport vositalari — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar;
Transport infratuzilmasi obyektlari — yo‘lovchilarga, yuk jo‘natuvchilarga, yuk oluvchilarga, tashuvchilarga va tashish jarayonining boshqa ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatish, shuningdek transport vositalarining ishlashini ta’minlash uchun mo‘ljallangan inshootlar, ishlab chiqarish-texnologik majmualar;
Transport logistikasi — yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining olib o‘tilishi va tashilishini tashkil qilish bilan bog‘liq vazifalarning kompleks va o‘zaro bog‘liq hal etilishi;
Transport-logistika markazi — transport infratuzilmasi obyekti, u tashish bilan turdosh bo‘lgan tayyorgarlik va taqsimlash xizmatlarini, shu jumladan yuklarni to‘plash, saqlash, ularga ishlov berish va tarqatish xizmatlarini hamda yuk va transport vositalari bilan boshqa operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan inshootlar joylashgan maxsus ajratilgan maydonni o‘z ichiga oladi;
Transport majmui — transport tashkilotlari, tashuvchilar, transport infratuzilmasi obyektlari, transport vositalari, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek transport sohasi xodimlariga ijtimoiy-maishiy hamda madaniy xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashkilotlar majmui;
Transport tashkiloti — transportga oid faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxs;
Transportga oid faoliyat — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini avtomobil, temir yo‘l, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlari uyg‘unligida tashish hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy va texnologik operatsiyalarni hamda shartnoma asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda bajariladigan xizmatlar bilan bog‘liq faoliyat;
Transport xavfsizligi — transport majmuining qonunga xilof aralashuvdan himoyalanganlik holati hamda uning odatdagi rejimda va favqulodda vaziyatlar hollarida barqaror ishlashining ta’minlanganligi;
Xalqaro tashish — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini har qanday turdagi transport vositasida ikki yoki undan ortiq davlat hududlari bo‘ylab amalga oshiriladigan tashish, shuningdek yuksiz transport vositasining ikki yoki undan ortiq davlat hududlari bo‘ylab o‘tishi;
Yagona tovar-transport yuk xati — tovar-moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarish, ularni olib o‘tish yo‘lida hisobini yuritish, kirim qilish, omborxona operatsiyalarini va buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek yukni tashish uchun hisob-kitoblar qilish hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan, barcha aralash tashish ishtirokchilari uchun yagona bo‘lgan tashish hujjati.
Aralash tashish – yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini butun harakatlanish yo‘li uchun rasmiylashtirilgan yagona tashish hujjati bo‘yicha har xil turdagi transportda tashish
Aralash tashishlar operatori – tashishni tashkil yetuvchi hamda tashish uchun o‘zi jalb qilgan barcha tashuvchilar va uchinchi shaxslar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oluvchi yuridik shaxs.
Mijoz – tashuvchi yoki aralash tashishlar operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida transport xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs (yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yuk oluvchi, fraxtlovchi)
Tashish – yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajni, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish punktidan yetkazish punktiga tashish.
Tashishlar xavfsizligi – texnogen (texnik va texnologik) xususiyatga ega tahdidlardan transport vositasi harakatlanish jarayonining hamda transport vositasining o‘zining himoyalanganlik holatini ta’minlash bo‘lib, bunda tashishlar xavfsizligiga oid qoidabuzarliklar va ularning fuqarolar hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘ladigan oqibatlari yuzaga kelishining yo‘l qo‘yilmaydigan xavfi mavjud bo‘lmaydi.
Tashish hujjati – yo‘lovchilarni, bagajni, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan, chipta, bagaj kvitansiyasi, tovar-transport yuk xati, elektron axborot tashuvchi karta yoki boshqa axborot tashuvchi tarzidagi hujjat
Tashuvchi – mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega bo‘lgan, yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatadigan, shuningdek tashish uchun tegishli litsenziyaga, sertifikatga yoxud ruxsat yetish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Tranzit transport yo‘lagi – transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishi bo‘lib, unda tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish uchun tranzit transport yo‘lagining pasportida ko‘rsatilgan texnik, texnologik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratiladi hamda bunday yuklar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalarini bajarishning soddalashtirilgan tartibi ko‘llaniladi.
Transport – qanot yo‘llarining, transport vositalarining, qatnov yo‘llaridagi texnik qurilmalar va inshootlarining yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish jarayonini ta’minlaydigan barcha turlari yig‘indisi.
Transport vositalari – yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajni, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar.
Transport infratuzilmasi obyektlari – yo‘lovchilarga, yuk jo‘natuvchilarga, yuk oluvchilarga, tashuvchilarga va tashish jarayonining boshqa ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatish, shuningdek transport vositalar
Transport logistikasi – yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kurerlik jo‘natmalarining olib o‘tilishi va tashilishini tashkil qilish bilan bog‘liq vazifalarning kompleks va o‘zaro bog‘liq hal etilishi.
Transport logistika markazi – transport infratuzilmasi obyekti, u tashish bilan turdosh bo‘lgan tayyorgarlik va taqsimlash xizmatlarini, shu jumladan yuklarni to‘plash, saqlash, ularga ishlov berish va tarqatish xizmatlarini hamda yuk va transport vositalari bilan boshqa operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan inshootlar joylashgan maxsus ajratilgan maydonni o‘z ichiga oladi.
Transport majmui – transport tashkilotlari, tashuvchilar, transport infratuzilmasi obyektlari, transport vositalari, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek transport sohasi xodimlariga ijtimoiy-maishiy hamda madaniy xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashkilotlar majmui.
Transport tashkiloti – transportga oid faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxs.
Transportga oid faoliyat – yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini avtomobil, temir yo‘l, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlari uyg‘unligida tashish hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy va texnologik operatsiyalarni hamda shartnoma asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda bajariladigan xizmatlar bilan bog‘liq faoliyat.
Transport xavfsizligi – transport majmuining qonunga xilof aralashuvdan himoyalanganlik holati hamda uning odatdagi rejimda va favqulodda vaziyatlar hollarida barqaror ishlashining ta’minlanganligi.
Xalqaro tashish – yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kurerlik jo‘natmalarini har qanday turdagi transport vositasida ikki yoki undan ortiq davlat hududlari bo‘ylab amalga oshiriladigan tashish, shuningdek yuksiz transport vositasining ikki yoki undan ortiq davlat hududlari bo‘ylab o‘tishi.
Yagona tovar-transport yuk xati – tovar-moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarish, ularni olib o‘tish yo‘lida hisobini yuritish, kirim qilish, omborxona operatsiyalarini va buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek yukni tashish uchun hisob-kitoblar qilish hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan, barcha aralash tashish ishtirokchilari uchun yagona bo‘lgan tashish hujjati.
Avtotransport vositasi – yo‘lovchilarni, bagajni tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchi o‘rindig‘i bilan hisoblaganda 9 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi (avtobus);
Yuklarni xalqaro tashishda – yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi (yuk avtomobili, tirkamali yuk avtomobili, shatakchi avtomobil yoki yarim tirkamali shatakchi avtomobil)
Milliy tashuvchi – O‘zbekiston Respublikasi hududiga ro‘yxatga olingan, mul huquqi bila yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuk yoki yo‘lovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi va bunga maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Xorijiy tashuvchi – xorijiy davlat hududida ro‘yxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuk yoki yo‘lovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish – yuk yoki yo‘lovchilarni ikki yoki undan ortiq davlatlar hududlari bo‘ylab avtomobil transportida tashish, shuningdek, yuksiz avtotransport vositasining ikki yoki undan ortiq davlatlar hududi bo‘ylab o‘tishi.
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni ikki tomonlama xalqaro tashish (yuk va yo‘lovchilar ikki tomonlama tashish) – milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida O‘zbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga yoki xorijiy davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tashish hamda xorijiy davlat tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida va ushbu avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan xorijiy davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan ushbu xorijiy davlat hududiga tashish.
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tranzit tashish (tranzit tashish) – avtotransport vositasining yuk yoki yo‘lovchilar bilan (yoxud ularsiz) davlat hududi bo‘ylab o‘tishi, bunda jo‘nash va borish punktlari ushbu davlat hududidan tashqarida joylashgan bo‘ladi.
Uchinchi davlat hududidan yoxud uchinchi davlat hududiga avtomobilda yuklarni xalqaro tashish (uchinchi davlatga/dan tashish) – jo‘natuvchi mamlakatda yuklangan va qabul qiluvchi mamlakatda tushirilgan, jo‘nash yoki qabul qilish mamlakati hisoblanmaydigan mamlakatda ro‘yxatga olingan avtotransport vositalarida yuklarni tashish.
Avtomobilda yo‘lovchilari xalqaro nomuntazam tashish – avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashishga tegishli bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisida avtomobil transportida yo‘lovchilarni va bagajni tashish.
Qatnov – avtotransport vositasining jo‘nash punktidan borish punktigacha o‘tishi.
Ruxsatnoma – avtotransport vositasining davlat hududi bo‘ylab o‘tishi va unda ko‘rsatilgan tashish turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat (blanka yoki e-Permit elektron shakli)
O‘zbekiston ruxsatnomasi – xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab o‘tishiga bir martalik ruxsatnoma.
Xorijiy ruxsatnoma – milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasining xorijiy davlat hududi bo‘ylab o‘tishiga bir martalik ruxsatnoma.
Ko‘p tomonlama ruxsatnoma – bunday ruxsatnoma egasiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasining ko‘p tomonlama ruxsat berish tizimiga a’zo bo‘lgan har qanday davlat hududi bo‘ylab bir martalik o‘tishiga ruxsatnoma.
Ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi – xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ayirboshlash uchun tenglik asosida bir yilga kelishilgan ruxsatnomalar soni.
Ye-Avto ruxsatnoma avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“E-Avto ruxsatnoma” AAT) – xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning milliy tashuvchilar orasida avtomatik tarzda taqsimlanishini, ularga berilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining «UzTrans» yagona interaktiv axborot tizimining bir qismi.
Xalqaro tovar-transport yuk xati – Xalqaro yo‘llarda yuklarni tashish shartnomasi to‘g‘risidagi konvensiyada nazarda tutilgan, shu jumladan, tashilayotgan yuk, uning jo‘natuvchisi va qabul qiluvchisi, tashuvchisi va tashuvni amalga oshiruvchi avtotransport
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
Avtomobil transporti — tarkibiga yuridik va jismoniy shaxslar kiruvchi, iqtisodiyot va aholining yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni, shu jumladan pochtani avtomobilda tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish-texnologiya majmui.