«Ammofos-Maxam» AJ – O‘zbekiston Respublikasining Qizilqum fosforitlaridan murakkab azot-fosforli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biridir. Ushbu korxona «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradi va mamlakatning kimyo sanoati sohasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi. Korxona sanoat maydoni Olmaliq shahrida joylashgan. Korxonaning umumiy maydoni 522,5 gektarni tashkil etadi. «Ammofos-Maxam» AJning geografik joylashuvi va qulay transport tarmog‘i, ishlab chiqarishning samarali va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu korxonaning mahsulotlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro bozorda ham talabgor bo‘lib, mamlakatning qishloq xo‘jaligi va kimyo sanoatiga katta hissa qo‘shmoqda.
1969-yil 18-dekabrda ekstraksion fosfor kislotasi (EFK) va ammofos ishlab chiqarishning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Jahon amaliyotida ilk marotaba 24,5% fosfor angidridini (P2O5) o‘z ichiga olgan Qoratog‘ fosforitlaridan do nadorlangan ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zlashtirildi. 1973-yilda ikkinchi navbat, 1978-yilda esa ishlab chiqarishning uchinchi navbati ishga tushirildi. 1980-yilda korxonaning ikkinchi navbatida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
1992-yil fevral oyida Olmaliq kimyo zavodi Olmaliq «Ammofos» ishlab chiqa rish birlashmasiga, 2001-yil avgust oyida Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati – «Ammofos» OAJga o‘zgartirildi. 2008-yilda «MAXAM International S.L.U» xorijiy kompaniyasi korxona aksiyalarining 49 foizini sotib oldi. Bu o‘zgarish natijasida korxona nomi «Ammofos-Maxam» OAJga o‘zgartirildi, u «Ammofos» OAJning huquqiy vorisi bo‘lib, bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Adliya boshqarmasining 2009-yil 19-fevraldagi 322-sonli guvohnomasi berilgan. 2014-yilda «Ammofos-Maxam» OAJ «Ammofos-Maxam» AJ deb qayta nomlandi. Qayta ro‘yxatdan o‘tish Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi va bu haqida 2014-yil 22-oktabrdagi 159-sonli guvohnoma berilgan.