Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!
O‘zbekistonning yangilanayotgan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustivorligini oliy darajaga ko‘tarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat xizmatida korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga qat’iy murosasizlik madaniytini shakllantirishda yuksak g‘oyalarga tayanmoqda.
Buni so‘ngi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohatlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda mamlakatimizda kechayotgan islohotlarning asosiy hujjati hisoblangan Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi va unda belgilangan muhim maqsadlar, “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mo‘ljallangan davlat dasturi” dolzarb ahamiyatga ega.
Korruptsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisadir.
Eng avvalo, yurtimizda korruptsiyaga qarshi kurashning sifat va son jihatdan mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilishi Prezidentimizning siyosiy irodasi mahsulidir. Jumladan, davlat rahbarining jamiyatni “halollik vaktsinasi bilan emlash” zaruriyati haqidagi fikrlari bu boradagi ishlarga qo‘yilgan tamal toshi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Prezident 2020-yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida, “Jamiyatimizda korruptsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”, deb taykidlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5177-son Qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab, barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat bo‘linmalari tashkil etildi.
Mazkur Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, “Ammofos Maksam” AJda ham korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish uchun mas’ul xizmat – Komplayens xizmati tashkil etildi.
Bugungi kunda “Ammofos Maksam” AJ faoliyatining ustuvor yo‘nalishi - bu qonunchilikka sodiqlik, biznes yuritishda yuksak axloqiy me’yorlar, sheriklar bilan ishbilarmonlik munosabatlarida, xodimlar o‘rtasida va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik, ishbilarmonlik obro‘sini mustahkamlash va korrupsiya xurujlaridan himoya qilish maqsadida xalqaro standartlar va korrupsiyaga qarshi milliy qonunchilikka rioya qilish hisoblanadi.
Buning uchun sodiqlik, halollik, vatanparvarlik va mas'uliyatni faoliyatning asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, korxonaning har bir xodimi jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim.
Bugungi kunda “Ammofos Maksam” AJ tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali joriy etish ko‘lami kontragentlar bilan bir qatorda korxona jamoasi orasida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va oldini olish, nepotizm, korxonamiz faoliyatida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni hamda huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan nomzodlar bilan mehnat munosabatlariga kirishishni minimallashtirish, bilimdon va halol xodimlarni tanlash kabi salmoqli natijalarni qamrab oladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishni, eng avvalo, har bir xodim, har bir hamkor o‘zidan boshlashi lozim. Har birimiz o‘z ishimizga halol va vijdonan yondashishimiz kerak. Korrupsiya kichik, ko‘zga ko‘rinmas elementlardan boshlanadi. Biz har bir vaziyatga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.
Hurmatli hamkorlar va “Ammofos Maksam” AJ xodimlari!
Sizlarni jamiyatning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan “Ammofos Maksam” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga qat’iy rioya qilishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga chek qo‘yishga, uning oldini olishga, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda, korxonamizdagi har qanday jarayonga loqayd, panja ortidan qarash kabi munosabatda bo‘lmaslik barchamizning ustuvor burchimizdir, shu sababli, bir jips jamoa bo‘lib, barchangizni korruptsiya kabi salbiy illat bilan qarshi kurashishda faol ishtirok etishga undayman!
Agar siz “Ammofos Maksam” AJ xodimlari tomonidan korrupsiya harakatlariga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda:
“Ammofos Maksam” AJning rasmiy veb-saytidagi qayta aloqa kanali:
- compliance@ammofos-maxam.uz elektron pochta manzili;
- +998(78) 150-70-62 raqamli “Ishonch telefoni” yoki o‘z faol fuqarolik pozitsiyangizni namoyish etgan holda yozma ravishda murojaat etish orqali xabar berishingiz mumkin.
Hurmat bilan,
“Ammofos Maksam” AJ
Boshqaruv raisi