XABARNOMA
Hurmatli “Ammofos-Maxam”AJ aksiyadorlari !
“AMMOFOS-MAXAM” AJ Kuzatuv kengashining qaroriga asosan, jamiyat aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishini 2025-yil 6-oktabrda o‘tkazishini ma’lum qiladi.
KUN TARTIBI
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibini tasdiqlash.
- Yig‘ilish raisi va kotibini saylash.
- Kuzatuv kengashi a’zosining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish.
- Kuzatuv kengashi a’zosini tayinlash.
- Kuzatuv kengashi a’zolarining vakolat muddatini uch yilgacha uzaytirish.
- Jamiyatning 2024 yil uchun yillik hisoboti, jumladan:
- Jamiyatning 2024 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida Boshqaruv hisoboti;
- Jamiyatning 2024 yil uchun yillik balansi va foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisoboti;
- 2024 yil uchun muhim faktlar;
- Jamiyat taftish komissiyasining Jamiyatning 2024 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti;
- tashqi auditorlarning Jamiyatning 2024 yildagi moliyaviy-iqtisodiy faoliyati to‘g‘risidagi xulosalari.
- Jamiyatning 2024 yilda olgan sof foydasini taqsimlash.
Jamiyatning elektron manzili: info@ammofos-maxam.uz
Yig’ilish o’tkazish joyi: Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi, 38-uy, “O‘zkimyosanoat” AJ ma’muriy binosi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi: 2025 yil 6 oktyabr, Toshkent vaqti bilan soat 11:00 dan 12:00 gacha, “O‘zkimyosanoat” AJ binosida.
Umumiy yig’ilish Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.
Boshqa ma'lumotlar:
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2025-yil 31-oktabr holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlardan pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni, aksiyadorlar vakillaridan esa tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani olib kelishlari talab qilinadi.
Murojaat uchun telefon raqami +99890-919-89-59
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilish materiallarini ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha Toshkent viloyati, Olmaliq sh., Sanoat zonasi manzili bo‘yicha olishlari mumkin.
“Ammofos-Maksam” AJ Kuzatuv kengashi