30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni

30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida ishchi-xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda millatlararo totuvlik, oʻzaro hurmat, bagʻrikenglik va hamjihatlik gʻoyalari targʻib qilinib, yurtimizdagi tinchlik va ahillikning qadriga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birdamlik yanada mustahkam boʻlsin!

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech