35 yil — fidoyilik va mehnat samarasi

Abdullayev Ravshan Xikmatullayevich 1991-yil 18-sentyabrda “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida duradgor lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan.

Korxonadagi 35 yillik mehnat faoliyati davomida o‘z kasbiga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik bilan mehnat qilib, korxona rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Ko‘p yillik faoliyati davomida boy tajriba va yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lib, hamkasblari orasida o‘zining mehnatsevarligi, mas’uliyatliligi va ishiga bo‘lgan sadoqati bilan hurmat qozongan.

Ayni paytda korxonaning Ta’mirlash-qurilish sexi uchastka ustasi lavozimida faoliyat yuritmoqda. O‘zining ko‘p yillik tajribasi va bilimlarini yosh mutaxassislar bilan baham ko‘rib, ularning kasbiy rivojiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

35 yil — bu shunchaki vaqt emas, balki korxona taraqqiyoti yo‘lida qilingan fidokorona mehnat, orttirilgan ulkan tajriba va sadoqatli xizmat yillaridir.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech