“Ammofos-Maxam” AJ aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok etmoqda
Joriy yil 15-yanvardan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarining birinchi bosqichi rasman boshlandi.
Mazkur muhim jarayonda “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham faol qatnashmoqda. Jamiyat rahbariyati va mas’ul xodimlari ro‘yxatdan o‘tishni birinchilar qatorida amalga oshirib, barcha xodimlarga shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, ishchi guruh a’zolari tomonidan xodimlarga OneID tizimi orqali census.stat.uz rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Fuqarolar belgilangan 17 kun davomida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
“Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlarini aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati