“Ammofos-Maxam” AJ tomonidan tanlov e’lon qilinadi
Hududlarda fosforli mineral o‘g‘itlar zaxirasini yaratish maqsadida “Ammofos-Maxam” AJ tomonidan etender.uzex.uz elektron savdo portalida vakolatli omborlarni tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilindi.
Mazkur tanlovda vakolatli ombor tashkil etish istagida bo‘lgan barcha manfaatdor tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov 2025-yil 21-iyul sanasiga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va ishtirok etish shartlari bilan etender.uzex.uz portali orqali tanishishingiz mumkin.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati