“Ammofos-Maxam” AJ xodimlari malaka oshirish kursini tamomladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qaroriga muvofiq, “Ammofos-Maxam” AJda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda 2026-yil 15-iyundan 15-iyulga qadar davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazildi.
Kurs davomida xodimlar o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining imlo qoidalari hamda davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha bilimlarini mustahkamladilar.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati