“Ammofos-Maxam” AJda eng yaxshi yosh mutaxassislar taqdirlandi!

Yoshlarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda iste’dodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida korxonada “Yilning eng yaxshi yosh mutaxassisi” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov doirasida quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi:

Eng yaxshi yosh NO‘AvaA chilangari
Eng yaxshi yosh elektr chilangari
Eng yaxshi yosh payvandchisi

Ishtirokchilar nazariy va amaliy bosqichlarda o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etishdi. Hakamlar hay’ati tomonidan eng munosib yosh mutaxassislar aniqlanib, g‘olib va faol ishtirokchilar “Ammofos-Maxam” AJ rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech