“Ammofos-Maxam” AJda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasida davra suhbati o‘tkazildi
Korxonada xotin-qizlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida ayollar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish va psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga tazyiq va zo‘ravonlikning turlari, gender tenglik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda murojaat qilish mumkin bo‘lgan tashkilotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar taqdim etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati