Ammofos mineral o‘g‘itining bir tonnasi narxi oshadi
“Ammofos-Maxam” AJ Boshqaruv yigʻilishining 2026-yil 10-fevraldagi 6-26-sonli bayonnomasiga asosan, mahsulot ishlab chiqarishdagi asosiy xomashyolar (sulfat kislotasi, fosforit konsentrati, ammiak hamda ularni tashish xarajatlari) narxlari oshganligi sababli 2026-yil 2-martdan Fosforitlardan olingan ammofos mineral o‘g‘itining narxlari oshishi kutilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, 2026-yil 2-martdan boshlab fosforitlardan olingan ammofos mineral o‘g‘itining bir tonnasi uchun boshlang‘ich narxlari quyidagicha etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.
|
Mahsulot nomi |
Birja avdolarida |
Taklif etilayotgan ulgurji narx (QQS bilan) |
Yagona temir yo‘l tarifi (QQS bilan) |
Temir yo‘l tarifi bilan boshlang‘ich narx (QQS bilan) |
|
Fosforitlardan olingan ammofos |
Agroplatforma (yopiq savdo) |
8 190 540,00 |
101 816,96 |
8 292 356,96 |
|
Spot (ochiq savdo) |
9 100 600,00 |
101 816,96 |
9 202 416,96 |