“Ammofos–Maxam” AJ bazasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus kafedra filialini tashkil etish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-iyuldagi 409-son qaroriga muvofiq, “Ammofos–Maxam” AJ bazasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus kafedra filialini tashkil etish belgilangan. Shu munosabat bilan institut mas’ullari va korxona rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, o‘quv jarayoniga mo‘ljallangan auditoriya va xonalar ko‘zdan kechirildi.

Korxona ehtiyojlaridan kelib chiqib, kechki ta’lim shaklida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilmoqda:

Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi);

Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati).

Hozirda dars jarayonlarini to‘liq tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, ishchi-xodimlarni oliy ta’lim muassasasi imtihonlariga tayyorlash maqsadida kimyo, matematika va fizikadan tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Batafsil ma’lumot olish uchun bog‘lanish:
6-16, 2-13

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech