Avariya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo'lib o'tdi
“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida rejaga koʻra “Ammofos-3” sexida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotga HGQO, OYoXTTEB, IHQX, tibbiyot punkti va sex xodimlari jalb etildi. Belgilangan ssenariy asosida barcha xizmatlar o‘z vazifalarini me’yoriy vaqt ichida muvaffaqiyatli bajardi. Yakuniy tahlilga ko‘ra, mashg‘ulot qoniqarli deb baholandi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati