“Biz sogʻlom oilamiz” shiori ostida sport musobaqasi bo'lib o'tadi
15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda “Biz sogʻlom oilamiz” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda korxona ishchi-xodimlari oilalaridan jami 6 ta oila ishtirok etdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviy hamjihatlik, chaqqonlik hamda sportga boʻlgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin — Gafurovlar oilasi;
2-oʻrin — Muratovlar oilasi;
3-oʻrin — Ergashevlar oilasi.
Shuningdek, musobaqada faol qatnashgan barcha oilalar Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir oilalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, oila mustahkamligini oshirish hamda jamoada ahillik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati