“Chimyon” oromgohida Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda har yili 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni keng nishonlanadi. Mazkur sana turli millat va elatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Chimyon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida oromgohdagi barcha guruhlar tomonidan Osiyo va Yevropa xalqlarining milliy madaniyati, urf-odatlari hamda turmush tarzini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ishtirokchilar turli xalqlarning milliy liboslari, raqslari va an’analarini mahorat bilan namoyon etib, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini tarannum etdilar.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech