Davlat tilida ish yuritish boʻyicha seminar bo‘lib o‘tdi
“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida boshqarma, bo‘lim va sexlaridagi mas’ul xodimlar ishtirokida “Xodimlarning davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi — davlat tilida ish yuritishning nazariy asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha amaliy bilimlarni mustahkamlash, imlo va uslub qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida xodimlar tomonidan tayyorlangan chiquvchi xatlar va boshqa hujjatlar tahlil qilinib, ularning davlat tiliga muvofiqligi, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga metodik tavsiyalar berilib, davlat tilida ish yuritish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati