“Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan korxona ishchi-xodimlari uchun “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” rukni ostida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkaning asosiy maqsadi — kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda kitobga mehr uyg‘otishdan iborat.
Yarmarkada turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari namoyish etilib, xodimlarga farzandlari uchun kitob xarid qilish imkoniyati yaratildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati