Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tomonidan kuzgi obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
Kuz faslining oltin kunlari bagʻrida “Ammofos-Maxam” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan korxona hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tabiatning betakror go‘zalligi, xazonrezgi faslining o‘ziga xos tarovati mehnat jarayonlariga uygʻunlik bagʻishlab, xodimlarda yanada yuksak kayfiyat va mas’uliyat hissini uyg‘otmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar nafaqat korxona hududining yanada chiroyli ko‘rinishini ta’minlash, balki xodimlar uchun qulay va ma’naviy ruhiy muhit yaratishga xizmat qiladi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati