Jamiyatda shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa o'tkazildi
“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar:
Shashka (erkaklar):
1-o‘rin – Abdumannobov M.A (Ammofos-2)
2-o‘rin – Vohidov U.Q (IHQX)
3-o‘rin – Isayev R.Sh (TQMS)
Shashka (ayollar):
1-o‘rin – Bo‘ronova S.R (TNB)
2-o‘rin – Gorobets I.K (NO‘A va A)
3-o‘rin – Toshmatova Z.F (EFK-2 sexi)
Shaxmat (erkaklar):
1-o‘rin – Ernazov J.R (Ammofos-2)
2-o‘rin – To‘ychiyev I.A (TMS)
3-o‘rin – Ubayxonov I.F (TQMS)
Mazkur musobaqa jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish hamda xodimlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
G‘olib va sovrindorlar Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati