Jamiyatda “Zulfiyaxonim qizlari” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

O‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, bahor kuychisi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlab "Ammofos-Maxam" AJda “Zulfiyaxonim qizlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda shoira hayoti va boy ijodiy merosi, uning davlat va jamiyat boshqaruvidagi fidokorona faoliyati alohida e’tirof etildi. Asarlarida yurtga muhabbat, insoniylik, sadoqat va yuksak ma’naviyat g‘oyalari tarannum etilgani, bu merosni keng targ‘ib qilish yoshlar qalbida ezgu fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davra suhbatida Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Minavarova Marxabo Mamatovna hamda “Zulfiya”nomidagi Davlat mukofotining viloyat bosqichi g‘olibi Oxunjonova Dildora Komiljon qizi ishtirok etdi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech