Mehnat muhofazasi — ustuvor vazifa

“Ammofos-Maxam” AJning ishlab chiqarish bo‘limlari va sexlarida mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida xodimlar ishtirokida muntazam yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishlarda xodimlarga xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ishlab chiqarish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash hamda ish joylarida xavfsizlik talablarini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.

Shuningdek, xavfli holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish va har bir xodimning mehnat muhofazasi talablariga rioya etishdagi shaxsiy mas’uliyati alohida ta’kidlanmoqda.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech