“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida xayriya hashari o'tkazildi
“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan xayriya hasharida “Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur hashar davomida korxona atrofini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalikni ta’minlash ishlari amalga oshirildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati