“Oilaviy baxt – eng ulug‘ saodat”

15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan korxonamizda “Oilaviy baxt – eng ulug‘ saodat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda korxonamizda uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan namunali oila vakillari hamda 2026-yil Olmaliq shahrida o‘tkazilgan “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lgan Usanovlar oilasi ishtirok etdi.

Tadbir davomida Egamberdiyevlar, Haydarovlar, Qoʻziboyevlar va Qilichevlar oilalari faol qatnashib, oilaviy qadriyatlar, ahillik va farzand tarbiyasidagi ibratli jihatlar haqida fikr almashildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech