OITS/OIVga qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi

Toshkent viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda “Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida OITS/OIV infeksiyasining oldini olish va kasallikni erta aniqlashga qaratilgan seminar mashg‘uloti hamda ekspress test sinovlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida xodimlarga OITS/OIV infeksiyasi, uning oldini olish choralari va sog‘lom turmush tarziga oid zarur ma’lumotlar berildi. Shuningdek, xodimlar uchun ekspress test tahlillari tashkil etildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech