“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda “Rahbar kubogi” gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
Yoshlar oyligi doirasida korxona Ishlab chiqarish direktori Bahodir Sodikov hamda Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya boʻyicha oʻrinbosari Bexzod Gofurov ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ularning taklif va tashabbuslari, kasbiy o‘sishi bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan “Rahbar kubogi” sport va intellektual musobaqa gʻoliblari ham taqdirlandi. Gʻolib jamoalarga kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati