Rasmiy e’lon
2026-yil uchun “Mineral o‘g‘itlarni qabul qilish, tushurish, tashish, omborga joylashtirish, saqlash va jo‘natish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish” yo‘nalishida vakolatli omborlarni tanlab olish maqsadida etender.uzex.uz platformasi orqali tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov joriy yil 16-yanvardan boshlab Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm hamda Andijon viloyatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tanlovga oid barcha e’lon va ma’lumotlar jamiyatning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlari hamda Telegram kanallari orqali e’lon qilinadi. Shu munosabat bilan, rasmiy manbalarni muntazam kuzatib borishingizni hamda tanlovda belgilangan tartibda ishtirok etishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.
Batafsil ma’lumotlar — etender.uzex.uz platformasida.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati