Sherzod Ashiraliyevich Djo‘rayev — tajribali mutaxassis va mohir ustoz

Sherzod Ashiraliyevich Djo‘rayev 2001-yildan buyon korxonada samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Mehnat faoliyatini harakat xavfsizligi muhandisi lavozimidan boshlagan mutaxassis bugungi kunda Bug‘ qozon sexida ta’mirlash bo‘yicha usta sifatida mehnat qilmoqda.

Ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida orttirgan boy tajribasi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yosh mutaxassislarga o‘rgatib kelayotgan Sherzod Ashiraliyevichning ko‘plab shogirdlari bugungi kunda korxonada turli lavozimlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

Uning fidokorona mehnati, kasbiga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvi, boy tajribasi hamda shogirdlariga berayotgan saboqlari korxona jamoasi uchun munosib namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech