Ta’mirlash-qurilish montaj sexi yoshlari ishtirokidaochiq muloqot o'tkazildi
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJning Ta’mirlash-qurilish montaj sexi yoshlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda jamiyat boshqaruv raisi maslahatchilari yoshlar bilan samimiy suhbat olib borib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi hamda taklif va tashabbuslarini tingladi.
Tadbir davomida boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Davron Tohirov so‘zga chiqib, korxonada faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish borasida tizimli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati