Teplovoz mashinistlari faoliyati
Korxonada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlar bor. Ularning tajribasi va faoliyati korxonaning barqaror ishlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
Karimov Ulug‘bek Madaminovich – 2006-yildan buyon “Ammofos-Maxam” AJda faoliyat yuritib kelmoqda. U 2014-yildan boshlab teplovoz mashinisti lavozimida ishlab, o‘zining kasbiy mahorati va tajribasi bilan korxona transport tizimining uzluksiz ishlashiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Xoliqulov Dilshod Baxtiyorovich – 1996-yildan beri korxonada mehnat qilmoqda. 2001-yildan boshlab teplovoz mashinisti lavozimida faoliyat olib borib, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib kelmoqda. Uning uzoq yillik mehnati jamoada o‘ziga xos o‘rin tutadi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati