“Xon atlas” oyligi – milliy qadriyatlarimizga ehtirom
Xalqimizning ming yillik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi hamda estetik qarashlarini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Ammofos-Maxam” AJ Ta’mirlash qurilish-montaj sexida “Xon atlas” oyligi yuqori uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Mazkur tashabbus xodimlar o‘rtasida asriy qadriyatlarga hurmat hissini yanada mustahkamlayotgani, milliy kiyimlar esa ularga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlayotgani bilan ahamiyatlidir.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati