“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan, shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida Olmaliq shahrida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Unda “Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Eng quvonarlisi, marafonda “Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlari faxrli o‘rinlarni egallashdi:
1-o‘rin — “Ammofos-Maxam” AJ IHQX o‘qchisi Jasur Rahmatov.
2-o‘rin — “Ammofos-Maxam” AJ IHQX o‘qchisi Furqat Siddikov.
G‘oliblarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga omad tilaymiz!
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati