“Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlari uchun “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida 22–23-avgust kunlari Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.

Unda jamiyatning 100 nafar ishchi-xodimi ishtirok etdi. Sayohat davomida xodimlar Islom sivilizatsiyasi markazi hamda poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qildilar.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech