Yoshlar bilan uchrashuv
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda yoshlar uchun navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda korxonada amaliyot o‘tayotgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari hamda jamiyat yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida “Ammofos-Maxam” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Zafar Turg‘unboyev yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Suhbat jarayonida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati