“Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish haftaligi”
“Yoshlar kuni” munosabati bilan “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish haftaligi” doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbirda korxona rahbariyati hamda Olmaliq shahar IIB YHX bo‘limi inspektorlari ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, haydovchilik madaniyatini oshirish va harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati