“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti Toshkent viloyati bosqichi yakunlari
2025-yil “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti tanlovining Toshkent viloyati bosqichida “Ammofos-Maxam” AJ Malakani baholash markazi mutaxassisi Mirzamurodova Dilrabo Dilmurod qizi Jamoatchilik va kimyoviy texnologiya yo‘nalishida munosib ishtirok etib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida Mirzamurodova Dilrabo Dilmurod qizi tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov yoshlarning iqtidorini kashf etish, iste’dodli qizlar safini kengaytirish hamda ularning ilmiy, ijodiy va sport yo‘nalishlaridagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati