Ammofos mineral o‘g‘itining bir tonnasi narxi oshadi
“Ammofos-Maxam” AJ Boshqaruv yigʻilishining 2025-yil 18-dekabrdagi 52-25-sonli bayonnomasiga asosan, mahsulot ishlab chiqarishdagi asosiy xomashyolar (sulfat kislotasi, fosforit konsentrati, ammiak) narxlari oshganligi sababli 2026-yil 5-yanvardan Fosforitlardan olingan ammofos mineral o‘g‘itining narxlari oshishi kutilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib Fosforitlardan olingan ammofos mineral o‘g‘itining bir tonnasi uchun ulgurji narxi 2026-yil 5-yanvardan boshlab (QQS bilan) 9 362 000 so‘m etib belgilanadi.