Ammofos mineral o‘g‘itining bir tonna narxi oshadi
“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga ko‘ra 2025-yil 1-apreldan elektr va tabiiy gaz uchun tariflar oshirilishi nazarda tutilgan edi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-martdagi 194-son qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining o‘zgarishi 1-apreldan 1-mayga uzaytirildi shu munosabat bilan 1-maydan tabiiy gaz, elektor energiyasi, ammiak, fosforit konsentrati, sulfat kislotasi, temir yo‘l tashish xizmati narxlari o‘sishi kutilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib Ammofos mineral o‘g‘itining bir tonnasi uchun ulgurji narxi 2025-yil 1-maydan boshlab (QQS bilan) 8 426 000 so‘m etib belgilanadi.