Ру O`z En

E'lonlar

Diqqat! E'lon!

“Ammofos-Maxam” AJ o‘zida ishlab chiqarayotgan ammofos mineral o‘g‘itini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga yetkazib berishda qulayliklar yaratish maqsadida Andijon va Farg‘ona viloyatlarida vakolatli omborlarni tashkil etish bo‘yicha tanlov eʼlon qilmoqda.

Hamkorlikda ishlamoqchi bo‘lgan tashkilotlardan qiyidagi hujjatlarni tayyorlab, 2025-yil 20-yanvar kuniga qadar taqdim etishlari so‘raladi.

 

Notarial idoralarida ipoteka shartnomasini tuzish uchun

talab etiladigan hujjatlar

 

1.    Yo‘llanma xat va kafolat xati; bor__/yo‘q__

2.    Nizom nusxasi (Nizomda – m/u saqlash uchun omborxonalar va ijaraga berish, mineral o'g'itlarni sotib olish va sotish faoliyati bilan shug'ullanish); bor__/yo‘q__

3.    Guvohnoma nusxasi; bor__/yo‘q__

4.    Korxona rahbarining pasport nusxasi, ishga tayinlash bayonnomasi va buyruq nusxasi; bor__/yo‘q__

5.    DSI dan maʼlumotnoma (byudjetdan va yer solig‘idan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida) va nizomga 1-ilova maʼlumotnomasi (qaysi tur solig‘ini to‘lovchi to‘g‘risida); bor__/yo‘q__

6.    Kadastr hujjatlari nusxasi (yer va bino guvohnomasi); (ko'chirma va obyekt pasporti) bor__/yo‘q__

7.    Omborning joylashuv dislokatsiyasi (xaritasi); bor__/yo‘q__

8.    Bankdan maʼlumotnoma (inkassaga qo‘yilmaganligi, qarzi yo‘qligi va qanday hisob raqamlar mavjudligi to‘g‘risida); bor__/yo‘q__

9.     Kalkulyatsiya 1 tn o‘g‘it uchun (saqlash xarajatlari); bor__/yo‘q__

10.   Stansiyadan maʼlumotnoma (vagonlarni qabul qilish to‘g‘risida); bor__/yo‘q__

11.   Omborni baholash hisoboti va ekspertiza xulosasi; bor__/yo‘q__

12.   Sug‘urta shartnomasi (nusxasi) va sug‘urta polisi (asli); bor__/yo‘q__

13.   Ombor suratlari (fotoalbomda); bor__/yo‘q__

14. Taʼsischilarning (korxonaning kuzatuv kengashi bayonnomasi) yig‘ilish bayonnomasi va buyrug'i (omborni “Ammofos-Maksam” AJ bilan saqlash shartnomasi va mulkni garovga qo‘yish orqali notarial ipoteka shartnomasi tuzish bo‘yicha) bor__/yo‘q__

15. Egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma yoki ko'chirmada ko'rsatilgan qaror) bor__/yo‘q__

 

Eslatma: Garov mulki shartnoma qiladigan korxonaga tegishli bo'lishi kerak!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech