Ру O`z En

E'lonlar

Tijorat takliflari

Bugungi kunda Qizilqum fosforit kompleksidan fosfor unini tashish ishlariga korxonamizga qarashli jami 235-dona 60-tonnali vagon-sisternalari xizmat qilib, ulardan 154-donasi bir lyukli, 81-donasi uch lyuklidan iborat. Tashish ishlarida o‘tkazilgan taxlil natijalariga ko‘ra Qizilqum fosforit kompleksidan keltirilayotgan fosfor uni o‘rtacha xisobda uch lyukli vagon-sisternada 56-58-tonna bir lyuklida esa 30-34-tonnani tashkil etmoqda. Bir lyukli vagon-sisternalarni uch lyukliga o‘zgartirilsa yuk tashish xajmi xar-bir vagonda o‘rtacha 22-24 tonnaga oshiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib “Ammofos-Maxam” AJ da 130-dona 1-lyukli vagon sisternalarni 3-lyukliga aylantirish ishlarini bajaruvchi pudratchi korxonalardan tijorat takliflari kutib qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech