11-noyabr — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni!

Ushbu sana munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda joylashgan “Kimyogar” sport-madaniyat majmuasida bayram tadbiri keng nishonlandi.

Tadbir davomida kasaba uyushmasi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar taqdirlandi. Ularning mehnatlari e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech