18-noyabr - Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Bugun “Ammofos-Maxam” AJda mazkur muhim sanaga bag‘ishlab, ishchi-xodimlar o‘rtasida “Bayrog‘im - faxrim!” mavzusida ommaviy diktant tashkil etildi. Ushbu tadbir milliy ramzimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Diktant natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin: Modernizatsiya, mahalliylashtirish, investitsiya, innovatsiya va koorperativ aloqalar boshqarmasi boshlig‘i – Ikrom Mamasoliev;
2-o‘rin: AKT bo‘limi server ma’muri – Jasur Mamatov;
3-o‘rin: Xodimlar tayyorlash o‘quv markazi muhandisi – Ma’sumaxon Saydullaeva faxrli o‘rinlarni egalladilar.
Bu kabi tadbirlar Vatanimiz ramzlarini ulug‘lash va yosh avlodga yuksak qadriyatlarni singdirishda muhim ahamiyatga ega.
Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz va milliy timsolimiz!
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot markazi